Britaniyalik milliarder Saudiyadagi sayyohlik loyihasiga qiziqish bildirmoqda

Iqtisodiyot 12:22 / 02.10.2017 7902

Buyuk Britaniyalik taniqli biznesmen, milliarder va Virgin Group asoschisi Richard Brenson Saudiya Arabistonida 50 oroldan iborat sayyohlik loyihasiga sarmoya kiritish xohishini bildirdi. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklarida chop etiladigan The National jurnali yozmoqda. 

Saudiya Arabistoni axborot vazirligiga ko‘ra, Brenson ushbu yirik sayyohlik loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirgan ilk xorijiy sarmoyadordir. Uning umumiy uzunligi 200 kilometrni tashkil etadi.

Saudiya Arabistoni hukumati rejalariga ko‘ra, bu loyiha 35 ming ish o‘rni barpo etish imkonini beradi va podshohlik iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda qo‘l keladi. Qurilish ishlari 2019 yilda boshlanadi, uning ilk bosqichi 2022 yili yakunlanadi. 

Avvalroq, Richard Brensonning Virgin Group kompaniyasi saytidagi blogida Saudiya Arabistoniga safari haqida xabar paydo bo‘lgandi. U mazkur safari chog‘ida ushbu sayyohlik loyihasi bilan tanishgan. 

"Bizni Qizil dengizga olib borishdi, u yerda ulkan qumloq orolni chiroyli sayyohlik maskaniga aylantirish loyihasi ishga tushirilgan", — deb yozgan milliarder. 

Saudiya Arabistoni avgust oyida mamlakatda yangi sayyohlik mintaqasi tashkil etish loyihasi haqida e'lon qildi. 

Merosxo‘r shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saudning so‘zlariga ko‘ra, dam olish maskani Qizil dengizdagi 50 ta tabiiy orolda barpo etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: