2030 yilda ish o‘rnini saqlab qolish uchun qanday malakalar kerak bo‘ladi?

Iqtisodiyot 10:40 / 01.10.2017 14154

Britaniyaning innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi Nesta va Oksford universitetining talabalarnitayyorlash maktabi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 2030 yilda merchendayzer, uzoq masofalarga qatnovchi haydovchi va ma'mur kasblari to‘liq avtomatlashtiriladi. O‘chituvchilar, biotexnologiya sohasidagi olimlar va hamshiralar esa aksincha talabgir bo‘ladi. Bu haqda MIT Technology Review xabar bermoqda.

Ma'ruzada kelajak kasblari uchun zarur bo‘ladigan malakalar haqida bayon qilingan. Ulardan biri qarorlar qabul qila olish, bo‘lg‘usi harakatlardan foyda yoki ziyon ko‘rishni tahlil qila olish bo‘ladi. Shuningdek, g‘oyalar yaratish uquvi ham yuqori baholanadi.

10 yildan keyin boshqalarni o‘qitish uquvi yanada yuqoriroq baholanadi. Ma'lumotni yetkaza oluvchi va o‘qitishning individual rejasini tuza oluvchi mutaxassislarga talab katta bo‘ladi. 

Nihoyat, originallik – 2030 yilda hamma malakalardan muhimroq malaka bo‘ladi. Bu turli xil masalalarning noodatiy yechimlarin topish demakdir. Ma'ruzada ta'kidlanishicha, ijodkorlik, moslashuvchanlik va fikrlay olish malakalari muayyan bilim va malakalarga ega bo‘lishdan muhimroq bo‘ladi, chunki ularni robot va sun'iy ong algoritmlari bilan oson almashtirish mumkin.   

Alibaba kompaniyasi asoschisi Jyek Maning fikricha, bolalarni zavodda ishlashga tayyorlovchi hozirgi ta'lim tizimi zamonaviy va kelajak sinovlariga mos emas, chunki  ishlab chiqarish sanoati iqtisodiyotning yetaklovchi kuchi hisoblanmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: