Yaqinginada Amerika prezidenti Donald Tramp soliq islohotlari o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilindi. Xo‘sh, nima uchun Amerikaning Apple, GE, Amgen, Merck & Co va Ralph Lauren kabi kompaniyalar aksiyalari ko‘tarilishini kutish mumkin? Goldman Sachs AQShda kutilayotgan soliq islohotlari haqida batafsil hisobot taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Investopedia.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, S&P 500 guruhiga kiruvchi (Amerikaning eng yirik 500 kompaniyasi) firmalar mamlakatga kamida 250 mlrd dollarni qaytaradi. Bu mablag‘lar aksiyalarni xarid qilish, dividendlarni ko‘tarish va turli xil investitsiyalarga sarflanishi mumkin. Istiqbolda texnologiya, moliya, energetika va sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar aksiyalari qimmatlashuviga olib kelishi ehtimol.
Goldman tomonidan yodga olingan 20 kompaniyadan quyidagi 5 ta kompaniya alohida e'tirof etilmoqda.
Bular, kompyuter va smartfonlar ishlab chiqaruvchi Apple, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi General Electric, Amgen biotexnologiya korporatsiyasi, dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi Merck & Co va mebel, kichik-kechak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Ralph Lauren kompaniyasidir.
Ulkan zaxiralar
Goldman hisobotida qayd etilishicha, S&P 500 tarkibidagi kompaniyalar Amerikadan tashqarida 2,5 trln dollardan ortiq mablag‘ni qayta investitsiya qilingan daromad sifatida saqlamoqda. 920 mlrd dollar soliqqa tortilmaydigan pul zaxirasidir. S&P 500 ga kiruchi har bir kompaniyaga o‘rtacha 2 mlrd dollarlik xorijiy likvidli aktivlar to‘g‘ri keladi. Yuqorida nomi keltirilgan 5 kompaniyaning 4 tasiga tegishli bu mablag‘lar sezilarli ko‘pdir.
Xususan, Apple korporatsiyasi xorijda 216 mlrd dollarini saqlamoqda, GE — 35 mlrd, Amgen — 36 mlrd, Merck — 22 mlrd dollarga ega. Ralph Lauren kompaniyasining xorijiy mablag‘lari atigi 1 mlrd dollarni tashkil etadi. Ammo, bu firma kapitallashuvining sezilarli qismidir. Goldman respublikachilar taqdim etgan soliq islohoti loyihasiga asoslangan holda taxmin qilishicha, qaytirilgan pullar uchun soliq stavkasi 8,75 foizni, qaytirilgan daromad uchun soliq 3,5 foizni tashkil etadi.
Bank 8,75 foizlik soliqni ayirib tashlagandan keyin ham bu raqam S&P 500 tarkibidagi o‘rtacha kompaniyaning xorijdagi bozor kapitallashuvining 3 foizini tashkil etishini aniqlagan. Albatta, yuqoridanomi zikr qilingan 5 kompaniya ulushi ancha katta bo‘ladi.
Apple — 25 foiz, GE — 14 foiz, Amgen — 24 foiz, Merck — 10 foiz, Ralph Lauren — 20 foiz mablag‘iga mo keluvchi aktivga ega. Ayni vaqtda ularning barchasi aksiyalarni xarid qilib, dividendlar to‘lamoqda. Ularning hajmi qaytarilgan mablag‘lar hisobiga oshishi mumkin.
Goldman taxminlariga binoan, 2018 yili har bir aksiyadan tushadigan daromad va forvard koeffitsiyenti o‘sishi narx/foyda nisbatida quyidagicha ko‘rinish oladi: Apple: 17/14; GE: 8/14; Amgen: 2/15; Merck: 8/16; Ralph Lauren: 0/16 foiz.
Xorijda sezilarli yirik mablag‘lari bo‘lgan boshqa kompaniyalar
Bank hisobotida S&P 500 tarkibidagi yana 20 yirik kompaniyalarni ham keltirgan. Ularning 6 tasining xorijdagi moddiy mablag‘lari bozor kapitallashuvining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi: Cisco Systems (71 mlrd dollar- 37 foiz); Oracle (48 mlrd-22); Microsoft (128 mlrd-20 foiz); NetApp (5 mlrd-36); Qualcomm (30 mlrd-35); TE Connectivity (7 mlrd-20 foiz).
Qavs ichida ko‘rsatilgan raqamlar xorijdagi mablag‘lar summasi va bozor kapitallashuviga nisbatan ulushini anglatadi. Bu korporatsiyalarning barchasi axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadi. Ro‘yxatni quyidagi 9 kompaniya yakunlaydi: Waters (3 mlrd dollar-17 foiz); Western Digital (5 mlrd-16); Citrix Systems (2 mlrd-16); Foot Locker (1 mlrd-15); Abbott Laboratories (14 mlrd-14); Juniper Networks (2 mlrd-13); Priceline Group (13 mlrd-13); VeriSign (1 mlrd-12); Johnson & Johnson (41 mlrd-10).