Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 770-son qarori bilan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Tuzatishlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari davlat strategik zaxirasi resurslarini to‘ldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilg‘isini "O‘zneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida belgilangan narxlar bo‘yicha sotib oladilar.
Davlat ehtiyojlarn uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilg‘isi qishloq xo‘jaligi istemolchilariga 60% haqi oldindan to‘langan holda sotiladi. To‘lov transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar bo‘yicha 60 kun mobaynida to‘liq to‘lanishi kerak.
Hujjat 28.09.2017 yilda kuchga kirdi.