Suriya va Rossiya uch yil ichida 3 mln tonna bug‘doy yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Hozirda Damashq Moskvadan kredit moliyalashtirishning ta'minlanishi ustida ishlamoqda. Bu haqda Suriyaning ichki savdo va iste'molchilar huquqlari himoyasi vaziri Abdulloh al-G‘orbiyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ayni vaqtda uch yillik shartnoma imzoladik va uni Rossiya tomondan moliyalashtirilishini ta'minlashga harakat qilmoqdamiz", deb ma'lum qildi al-G‘orbiy. Vazirning aytishicha, Suriya joriy yilda Rossiyadan 1,7 mln tonna bug‘doy import qiladi.
Suriya shuningdek bug‘doyning strategik zaxiralarini 1 mln tonnaga yetkazmoqchi.