Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halabda dunyodagi eng yirik usti yopiq bozor – Al-Madina o‘z ishini tikladi

Foto: Wikipedia
Halabda dunyodagi eng katta usti yopiq tarixiy bozor - Al-Madina o‘z ishini tikladi. Hozircha faqat 20 ta do‘kon ochildi, ammo tarixiy merosni tiklash bo‘yicha rejalar o‘n yilga mo‘ljallangan. Bu haqda savdo qatorlari va ustaxonalar egalari jurnalistlarga so‘zlab berdi.
«Men Halabda gilam to‘qishni biladigan yagona odamman. Terroristlar bu yerda bo‘lganida, dastgohlarni uyimda yashirib qo‘ydim, lekin hozir hamma narsa joyida. Hamma qaytmoqda, 20 ta do‘kon allaqachon ochildi», - deydi gilam to‘qish bo‘yicha ustaxona egasi Amar Ruvaz.
Halabda hukumat kuchlari va terrorchilik guruhlar o‘rtasidagi qurolli mojaro to‘rt yil davom etdi. 2012 yilda jangarilar Suriyaning iqtisodiy poytaxti hisoblanuvchi shaharga hujum qilishdi, lekin hududining faqatgina 40 foizini qo‘lga kiritishdi. Front liniyasi terrorchilar joylashnib olgan Al-Madina va hukumat qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan eski shaharning boshqa diqqatga sazovor joyi – Halab qal'asi o‘rtasidan o‘tgan. Aksariyat savdo qatorlari minomyotdan o‘qqa tutish va yong‘inlar tufayli vayron bo‘ldi. Ba'zi inshootlarni esa terrorchilar buzib tashlashgan. «Bu yerda ularning pozitsiyasi bor edi, ular do‘konlarda devorlar va pollarni buzib tashlab, toshlardan mustahkamlash ishlarini bajarishdi», - deya aytib o‘tdi mahalliy fuqaro Muhasib Xatib.
Hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan Muhammad Xabajning aytishicha, bozorni qayta tiklash rejalari o‘n yilga mo‘ljallangan. «Men bu yerda ellik yil ishlaganman va bu yerdan hech qayoqqa ketmoqchi emasman. Hozircha binolarning 5 foizi qayta tiklangan bo‘lsada, ish rejasi o‘n yilga mo‘ljallangan», - deya aniqlik kiritdi u.
Al-Madina - dunyodagi eng yirik usti yopiq tarixiy bozor hisoblanadi. Savdo va hunarmandlar qatorining umumiy uzunligi 13 kilometrni tashkil etadi. Al-Madina bir nechta kichik bozorlarni o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati 14-asrdan beri mavjud. 30 yil muqaddam Al-Madina bozori Halabdagi eski shahar tarkibida YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

09:33 / 28.03.2025