Eng raqobatbardosh davlatlar reytingi tuzildi: Unda O‘zbekiston yo‘q

Iqtisodiyot 12:30 / 28.09.2017 37122

Butunjahon iqtisodiy forumi 2017-2018 yil uchun jahonning eng raqobatbardosh davlatlar reytingini (Global Competitiveness Index, GCI) e'lon qildi. Shveytsariya, AQSh va Singapur reytingning kuchli uchligidan o‘rin olgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Shveytsariya egallagan. Bu davlat so‘nggi yillarda bu boradagi barqaror yetakchilik pozitsiyasini boy bermayapti. Ikkinchi o‘rinda AQSh bormoqda, ular bu yilgi reytingda Singapurni uchinchi o‘ringa tushirib yuborgan. Davlatlar beshligidan Niderlandiya (4-o‘rin) va Germaniya (5-o‘rin) o‘rin olgan. GFRning egallagan o‘rni o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarmagan.

Reyting o‘nligida shuningdek, Hongkong, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Finlyandiya nomlari bor.

Mutaxassislar GFR iqtisodiyotidagi innovatsiyalar roli va yuqori darajada ilg‘or texnologik va infratuzilmaviy rivojlanish bilan qo‘llab-quvvatlanayotgan taraqqiy etgan «biznes-ektizimi»ni alohida qayd etishmoqda.

Jahon trendlari haqida umuman gapiriladigan bo‘lsa, Butunjahon iqtisodiy forumi (BIF) ekspertlari global moliyaviy inqirozdan so‘ng o‘tgan 10 yil ichida barqaror tiklanish istiqbollari hamon jahon yetakchilari tomonidan iqtisodyotning raqobatbardoshligi va samardorligini oshirish uchun zarur islohotlar samarali o‘tkazilmayotgani sababli tahdid ostida ekanini qayd etishdi.

«Global raqobatbardoshlik borgan sari mamlakatning innovatsion salohiyati bilan aniqlanib borilaveradi. Iqtidorlar kapitaldan muhimroq bo‘ladi, shuning uchun dunyo kapitalizm davridan «talantizm» davriga harakat qiladi. To‘rtinchi sanoat inqilobiga tayyor va o‘zining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarini mustahkamlayotgan davlatlar kelajakning raqobat poygasida g‘olib chiqishadi», — degan BIF asoschisi Klaus Shvab.

Qo‘shnimiz Qozog‘iston reyting hisoblangan 137 davlat ichidan 57-o‘ringa loyiq ko‘rilgan va elliktalikni tark etgan. 2015 yilda Qozog‘iston 42-pog‘onani egallab turgan edi. Rossiya esa o‘tgan yili 43-o‘rindan 38-o‘ringa ko‘tarilgan, Qirg‘iziston 102-o‘rinda.

O‘zbekiston hozircha BIF tomonidan tuziluvchi ushbu reytingga kiritilmagan.

GCI reytingini tuzishda 113 ko‘rsatkich asosida shakllantirilgan 12ta «tayanch» toifadan foydalaniladi. Unga ko‘ra iqtisodiyotning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan institutlar, infratuzilmalar, makroiqtisodiy muhit, sog‘liqni saqlash, boshlang‘ich va oliy ta'lim, shuningdek, kasb-hunar ta'limi tayyorgarligining roli e'tiborga olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: