Savdolar natijalari O‘zRVB saytida joylashtiriladi

Iqtisodiyot 15:48 / 27.09.2017 5725

Markaziy bank Boshqaruvi qarorlari (2017 yil 26 sentabr; 2017 yil 26 sentabr) bilan Chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va ularning muomalasi to‘g‘risida nizom va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Kiritilgan qo‘shimchalarga binoan, O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) MBning e'loni asosida o‘z saytida o‘tkazilayotgan auksionlar haqidagi axborotni e'lon qiladi. Savdolar natijalari ham shu yerda e'lon qilinadi.
 
O‘zRVBda tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, obligatsiyalarning nomi, soni, kotirovkasi (narxi)  va bitim tuzilgan sanadan tashqari uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi. Ushbu axborot sudlarga beriladi. Surishtiruv va tergov organlari ularni faqat jinoiy ish qo‘zg‘atilgan taqdirda olishi mumkin.
 
Hujjatlar rasman e'lon qilingan va 26.09.2017 yilda kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: