"VKontakte" so‘nggi yillardagi eng keng ko‘lamli yangilanish haqida ma'lum qildi

Foto: Sergey Konkov/TASS
"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i mobil ilovalarining keng ko‘lamli redizayni haqida e'lon qildi. Bu haqida ijtimoiy tarmoq vakillari VK Media Day konferensiyasida ma'lum qilishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu iOS va Android-smartfonlardan foydalanuvchi mijozlar uchun so‘nggi uch yildagi eng katta yangilanishdir. Yangi versiyada yon tomondagi menyu yo‘qoldi, asosiy bo‘limlari ekranning pastki qismiga ko‘chirildi.
Ilovalarning asosiy yangilanishi — "Prometey" algoritmi asosida ishlaydigan "Tavsiyalar" bo‘limining paydo bo‘lishi. U foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini o‘rganadi va tahlil asosida ularga mos maqolalar, suratlar, video va jonli translyatsiyalarni tanlaydi.
Barcha foydalanuvchilar kun davomida ilovani yangilash imkoniga ega bo‘lishadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq yil oxiriga qadar noshirlar uchun matnni formatlash va multimedia kontentini qo‘shish imkoniyatiga ega platformani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

01:17 / 11.10.2024
Durov «VKontakte» qanday yaratilganini so‘zlab berdi

20:08 / 07.08.2024
Rossiyada YouTube bilan bog‘liq muammolar sabab «VK Video»ni yuklab olish keskin oshib ketdi

09:46 / 16.12.2020
Yevroittifoq Telegram va «VKontakte»ni «qaroqchilikni kuzatish bo‘yicha ro‘yxat»ga kiritdi

17:32 / 31.05.2019