Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitobsiz kelajak yo‘q

Foto: O‘zA
“Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi. Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi”.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning aytgan bu so‘zlari shunchaki shiorlar, balandparvoz iboralar emas. Balki, mamlakatda farmonu qarorlar bilan mustahkamlab borilayotgan hayot-mamot masalasidir. Shu yilning 13 sentabr kuni qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaror ham mana shu ulug‘vor maqsadlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ham bu borada bir qancha loyihalarni hayotga tatbiq etish arafasida turibdi. Jumladan, tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari “O‘zbekiston pochtasi” bilan hamkorlikda “Pochta orqali kitob” aksiyasini boshlab yuborishgan.
Bunda nashriyot-matbaa ijodiy uylarida nashr etilgan kitoblarning katalogi yaratilib, “O‘zbekiston pochtasi”ga taqdim etiladi. Bu aholi, ayniqsa olis hududlarda istiqomat qilayotgan kitobxonlar uchun har tomonlama qulayliklar yaratishi shubhasiz, albatta. Deylik, G‘afur G‘ulom nomidagi NMIUda chop etilgan kitobdan asakalik, boysunlik yoki shumanaylik yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston pochtasi”ning hududiy bo‘linmalaridagi katalog orqali xabar topib, pochta orqali buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi. Buyurtma qilingan kitoblar nashriyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilinishi natijasida ularning narxi ham kitob do‘konlaridagi kitoblardan ancha arzonga tushadi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar, metro, avtobus bekatlari, maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa aholi gavjum joylarga kamida 2 tadan kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan zamonaviy dizayndagi ijtimoiy reklama bannerlari joylashtiriladi.
Ushbu bannerlar “Matbuot va axborot agentligi tavsiya etadi” ruknida “Bolangizga kitob sovg‘a qiling!”, “Farzandingizga kitob o‘qib bering!”, “Nabirangiz bilan birga kitob o‘qing!” singari oilaviy kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar va ulug‘ allomalar, buyuk adibu shoirlar, mashhur shaxslarning kishini kitobxonlikka chaqiradigan hikmatlari bilan to‘ldiriladi.
Bundan tashqari, markaziy va hududiy teleradiokanallarda mashhur san'atkorlar, teatr va kino aktyorlari, sport ustalari ishtirokidagi reklamalar tayyorlanishi va efirga uzatilishi rejaga kiritilgan.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha bu kabi amaliy loyihalar agentlik tomonidan muntazam olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
-
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi
Jahon | 21:41
-
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi
Sport | 21:35
Mavzuga oid

08:38
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

15:26 / 09.07.2025
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

13:30 / 05.07.2025