Yaqin 13 yilga elektromobil ishlab chiqaruvchilar uchun - optimistik, neft kompaniyalari uchun - pessimistik prognoz taqdim etildi. Clean Technica nashrining bosh muharriri mavzuga doir taxminlari bilan bo‘lishdi.
2017
Bozorda salmoqli masofaga harakatlanuvchi birinchi elektromobillar paydo bo‘la boshlaydi va ular nisbatan hamyonbop narxlarda taklif etiladi: Renault Zoe, Chevy Bolt, Tesla Model 3. AQSh, Yevropa va Xitoyda shu va boshqa modellarga qiziqish ortib bormoqda. Savdo va ko‘ngilochar markazlar infratuzilmasiga integratsiyalashib borayotgan zaryad stansiyalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda. Yirik korporatsiyalar elektr motorlarga o‘tish rejalari haqida ma'lum qilishmoqda.
2018
Elektr transport g‘oyasi oddiy iste'molchining ongiga kirib boradi. Tesla va Nissan LEAF modellari sotuvlari o‘sadi, dizel va yonilg‘ida harakatlanuvchi avtomobillar sotuvlari esa aksincha - pasayadi (bunda ko‘plab Yevropa mamlakatlarida dizel transporti taqiqlangani ham katta rol o‘ynaydi). Tesla Supercharger stansiyalar tarmog‘i AQSh va Yevropaning deyarli barcha yirik shaharlarini birlashtiradi. Tesla Model Y haqida ma'lum qilinadi.
2019
Niderlandiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bozorlaridagi elektromobillar ulushi 10 foizga yetdi. Yevropada ham, AQShda ham yuklarni yetkazish bozori elektrlashtirilmoqda.
Nevadada Tesla Gigafactory qurilishi tugallanmoqda, shtatlardan birida yoki xorijda yana biri qurilmoqda. Ilk Model Y paydo bo‘lmoqda, Tesla elektromobillar ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirmoqda.
2020
So‘rovning kamaygani va bozorning mahsulotga to‘la ekani inobatga olinsa, neft kompaniyalari zarar ko‘radi, bu elektromotorlarga o‘tishni sekinlashtirayotgan avto ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqli. Ford va GM bankrotlikka yaqin. Investorlar akkumulyatorlar fabrikalariga katta sarmoya kiritishmoqda. Og‘ir elektr yuk mashinalari ulushi Yevropa va AQSh bozorlarida 10-20 foizni, elektrobuslar ulushi esa 70 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.
2021
Eng yirik neft kompaniyalari bankrotlik haqida e'lon qiladi. Gibridlar sotuvlari ulushi AQSh va Yevropada 20-25 foizga yetadi. Litiy-ion batareyalar narxlari sezilarli darajada pasayadi.
2022
Iste'molchilarning aksariyati gibrid transport usutvorligini anglab yetadi, eng ilg‘orlari esa to‘liq elektr transportga o‘tadi. Deyarli barcha yangi modellar to‘liq elektrlashtiriladi.
2023
Yirik shaharlarda avtonom transport rivojlana boshlaydi, lekin robotaksi ko‘rinishida. Yangi avtomobillar orasida gibridlar ulushi Yevropa va AQShda 23-50 foizni tashkil qiladi, Xitoyda esa - 50-70 foizni. An'anaviy yoqilg‘i quyish shoxobchalari va avtoustaxonalar asta-sekin yopila boshlaydi.
2024 — 2030
Bu yillar ichida elektrotransportga o‘tish va infratuzilmani rivojlantirish bosqichi yakunlanadi. Aksariyat uchun mashina sotib olgandan ko‘ra haydovchisiz taksidan foydalanish qulayroq va arzonroq bo‘ladi. Xitoy brendlari AQSh va Yevropa bozorlariga kirib boradi. Shaharlar yanada ozoda va sokin bo‘lib boradi.
Neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar ham elektrotransportga o‘tish zaruratini anglab yetadi. 2040 yilga borib, butun dunyo yo‘llarida 266 million elektromobil harakatlanayotgan bo‘ladi, ularning ulushi esa butun avtobozorning 12 foizini tashkil qiladi.