To‘g‘ri burilish: milliarderlar «Formula-1»da qanday pul topadi?

Light 21:40 / 25.09.2017 11621

Buyuk britaniyalik Berni Ekklstoun «qirollik poygalari» orqasidan milliarder bo‘lgan. Ammo, «Formula-1» jamoalari egalarining barchasi ham foyda ko‘ravermaydi. 

«Formula-1» tarixi 1950 yilda boshlangan. Avtopoygalar bo‘yicha birinchi jahon chempionatida bosh sovrin Juzeppe Farinaga nasib etdi. U Alfa Romeo mashinasida birinchi o‘rinni egalladi. Yarim asrdan keyin Italiya ishlab chiqaruvchilarining superkarlari eng tez mashinalardan biri bo‘lib qolmoqda, Ferrari kabi poyga jamoalari poyga yo‘lida yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.

Biroq jamoalar nafaqat birinchi o‘rin uchun balki reklama beruvchilar uchun ham kurash olib borishadi. Lotus jamoasining 1968 yili Imperial Tobacco bilan shartnoma imzolashi ortidan «Formula-1»da homiylik davri boshlandi. 2016 yili jamoalarning homiylardan ko‘rgan umumiy daromadi 550 mln funt sterlingga yaqin bo‘ldi. 2012-2015 yillardagi chempionatlarda ishtirok etgan Lotus jamoasi ijrochi direktori Mettyu Karter BBC telekompaniyasiga bergan intervyusida orqa qanotdagi bittagina banner bir mavsumda 25 mln dollar turishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi. 

«Formula-1» biznes imperiyasining tashkil etilishida milliarder Berni Ekklstounning xizmatlari katta. U Forbes jurnalining milliarderlar ro‘yxatida 2,9 mlrd dollar bilan 693-o‘rinda. U chempionatdagi boshqaruvini dastavval 1949 yilda poygalarda ishtirok etishdan boshladi. Keyinchalik o‘zining Connaught jamoasiga ega bo‘ldi. 1979 yili «Formula-1» konstruktorlari uyushmasi prezidenti bo‘ldi vailk marotaba chempionatni televizion huquqlarini sotishni yo‘lga qo‘ydi. Ekklstoun Delta Topco firmasini ham boshqarar edi. Bu kompaniya Formula One Management (FOM), Formula One Licensing (FOL) va qator o‘nlab firmalar singari Formula One Administration (FOA)ni ham nazorat qilardi. FOA 2110 yilga qadar chempionatdan har qandaytijoriy daromad ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan firma hisoblanadi. 

2006 yildan beri poygalarni CVC Capital Partners investitsiya fondi boshqargan, ammo o‘tgan yili «Formula-1» egalari yana o‘zgardi. Endilikda Liberty Media poygalar seriyasining yangi xo‘jayini hisoblanadi. U telemagnat Jon Melounga (Forbes global reytingida 7,7 mlrd dollar boylik bilan 174-o‘rinda) qarashli. Franshiza qiymati 8 mlrd dollar deb baholandi. Ammo, 3,6 mlrd dollarlik qarzni hisobga olganda, xaridning o‘zi Melounga 4,4 mmlrd dollarga tushdi. Bitim 2017 yil 24 yanvarda yopildi. Xo‘jayin o‘zgarishi munosabati bilan Ekklstoun ham Delta Topco firmasining 5,3 foiz aksiyasini sotib yubordi va 2017 yil 23 yanvar kuni FOM hamda FOA prezidenti lavozimidan iste'foga chiqarildi. Ayni vaqtda Liberty Media «Formula-1» ustidan yakka hokim hisoblanadi. 2016 yil yakunlari bo‘yicha uning daromadi 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan. 

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, Forbes reytingida «Formula-1»ning qator prezidentlari va jamoalar egalarini uchratish mumkin. Xususan, Red Bull Racing va Toro Rosso jamoalari Red Bull GmbH asoschisi, avstriyalik milliarder Ditrix Mateshitsaga (Forbes global reytingida 13,4 mlrd dollarlik boylik bilan 86-o‘rinda) tegishli. Red Bull Racing 2005 yili Ford kompaniyasidan xarid qilingan Jaguar Racing negizida barpo etilgan edi. Jaguar Racing esa o‘z vaqtida 1 dollar evaziga sotilgandi. Ammo savdo bitimida kelgusi 3 mavsumda kamida 400 mln dollar sarmoya kiritish sharti belgilangandi. 

Toro Rosso Red Bull kompaniyasining ilg‘or Red Bull Racing jamoasidan farqli o‘laroq, yosh pilotlar uchun sinov maydonchasi vazifasini o‘taydi. Toro Rosso poygachilarining deyarli barchasi Red Bull Junior Team a'zosi bo‘lgan. Toro Rosso uchun rossiyalik yagona poygachi Daniil Kvyat ham ishtirok etadi. U 2016 yili 850 000 dollar atrofida mablag‘ oldi. Ikki jamoaning jami byudjyeti 2016 yilda 315 mln funt sterlingni tashkil etdi. Red Bull Racing jamoasining o‘tgan yildagi daromadi 220 mln funt sterlingni tashkil etadi, Toro Rosso bu davr ichida atigi 100 mln funt ishlab topa oldi.

Hindistonlik sanoatchi Vidjay Mallya (boyligi 750 mln dollar) 2008 yildan Force India jamoasiga egalik qilib keladi. Guruhni sport avtomobillari ishlab chiqaruvchisi Spyker firmasidan 123 mln dollar evaziga xarid qilgan edi. Jamoa hech qachon chempionat yetakchisi sifatida qayd etilmadi. Uning eng yaxshi natijasi Serxio Peresning 7-o‘rni va 2016 yilgi konstruktorlar kubogida 4-o‘rinni egallashi bo‘ldi. Mallya jamoani zararsiz darajaga olib chiqa oldi, bundan tashqari, jamoa byudjyeti va daromadi 90 mln funt sterling atrofida saqlanib turdi. Shundan 50 mln sterling FOM tomonidan taqdim etilgan.

Ko‘pmillionlik boyliklar egalari orasida «qirollik poygalari» pilotlari ham uchrab turadi. Formula-1 poygachisi Mixael Shumaxer 2012 yili o‘z faoliyatini tugatgan chog‘da 800 mln dollar ishlab topishga ulgurgan edi. «Formula-1»ning 7 karra chempioni o‘z boyligini topishda Ferrari jamoasiga minnatdorlik bildirishi kerak. Ayni shu jamoa Shumaxerga chempionatdagi eng yuqori maoshlardan birini to‘lab kelar edi. Shumaxer Ferrari bilan 5 bor chempionlik unvoniga saazovor bo‘ldi. 2000 yilgi Yaponiya Gran-prisi shular jumlasidan. U jamoaning 21 yillik tarixida birinchisi bo‘lgandi. 

«Formula-1»ning yosh haydovchilaridan biri Lens Strollning ham homiy borasida omadi chopdi. Otasi, kanadalik sarmoyador Lorens Stroll boyligi (Forbes reytingida 782-o‘rin) 2,6 mlrd dollardir. Lens Williams Martini Racing jamoasining ikkinchi pilotiga aylandi. Bungacha u Ferrari rivojlanish akademiyasida shug‘ullangan. Biroq, «Formula-1» milliarderlarning farzandlarini ham ayab o‘tirmaydi. 19 yoshli poygachining 2017 yilgi Avstraliya Gran-prisida yo‘l qo‘ygan xatosi qimmatga tushdi. U uchinchi mashg‘ulot chog‘ida mashinani urib oldi va startdagi besh o‘rin ortga o‘tib ketdi. 

Reklamadan yuqori daromadlar va poygachilarning yuqori maoshlari sababli Formula-1 eng qimmat sport turi hisoblanadi. Jamoalarning 2016 yildagi umumiy qiymati Buyuk Britaniyaning Autosport jurnali tomonidan 1,72 mlrd funt sterling deb baholagan. Reklama zaruriy mablag‘larning atigi yarmini qoplaydi. Qolgan qismini «Formula-1» (Formula One Management) boshqaruvi va jamoalar homiylari qoplaydi. Masalan, 2016 yili chempion bo‘lgan Mercedes jamoasining byudjyeti 265 mln funt bo‘lgan, shundan 82 mln funti homiylar mablag‘laridir. 133 mln funti FOM bonusi, yana 50 mln funt sterling bevosita  Daimler .

Aytish joizki, jamoalarga hamma ham egalik qila olmaydi. Chempionatni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro avtosport federatsiyasi an'anaga ko‘ra, «Formula-1»ning 1 foizlik aksiyasiga egalik qiladi. U jamoalar sonini oshirish, shu bilan poygalarning tomoshabopligini oshirish ustida bosh qotirib keladi. 2009 yili FIA prezidenti Maks Mosli byudjyetning eng yuqori belgilangan chegarasini 40 mln funt sifatida belgilashga urinib ham ko‘rdi. Biroq 10 jamoaning 8 tasi bu holatda o‘z chempionatlarini tashkil etishlarini bildirishdi. Axir 40 mln funt Ferrari jamoasining dvigatelga sarflaydigan mablag‘ining atigi 38 foizidir. 

Ko‘proq yangiliklar: