O‘zbekiston ko‘plab yillar davomida birinchi marta 2017 yilda gaz qazib olish hajmini oshiradi. Qo‘shimcha qazib olinadigan gaz hajmi 1,5 milliard kub metrni tashkil qiladi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga "O‘zbekneftgaz" kompaniyasi boshqaruv raisi Alisher Sultonov.
"Joriy yilda bizda ko‘plab yillar davomida ilk marta gaz qazib olish hajmi ko‘payishi kuzatilmoqda. O‘tgan yilga nisbatan bu qo‘shimcha 1,5 mlrd kub metr gaz bo‘ladi ", deb aytdi Sultonov va 2016 yil yakunlariga ko‘ra 55 mlrd kub metr gaz qazib olinganini ma'lum qildi.
Sultonovning aytishicha, gaz ichki iste'mol va bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha eksportga ketmoqda. "Bu shimoliy yo‘nalish bo‘lib, bu yerda biz "Gazprom" va Xitoyning CNPC kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqdamiz", deb eslatib o‘tdi Sultonov.
Uning aytishicha, ichki bozorda 30 mlrd kub metr gaz qoladi, "Gazprom" bilan shartnoma bo‘yicha eksport qilinadigan gaz hajmi 6 mlrd kub metrni, Xitoy bilan 10 mlrd kub metrni tashkil qiladi.
Sultonovning ta'kidlashicha, "O‘zbekneftgaz" O‘zbekistondagi yagona gaz operatori hisoblanadi va gazning qaysi yo‘nalish bo‘yicha yetkazilishi texnik omil va ehtiyojlarga bog‘liqdir.