O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat bo‘ylab barcha tijorat banklari 1 oktabrdan boshlab mijozlarga naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘larini sotishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
5 sentabr kuni Markaziy Bank milliy so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan yangilangan qiymatini e'lon qilgan edi. Jurnalistning kelgusida ham valyuta qiymatini belgilashda milliy valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli haqidagi savoliga Bosh vazir «buni bozor ko‘rsatadi», deya javob berdi.
Ayni paytda banklardagi Konversion bo‘lim tomonidan aholiga valyuta sotish amaliyoti naqdsiz ko‘rinishda amalga oshirilmoqda.