Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki shoxobchalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi №5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha mijozlar bilan, xususan, iste'mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bank Boshqaruvi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan shoxobchalar mijozlariga bank tomonidan valyuta amaliyotlari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar taqdimotlari o‘tkazilib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Hozirgi kunda Savdogarbankning barcha filiallari iste'mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda banklardagi hisobvaraqlar orqali sotmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va o‘z ixtiyorlariga ko‘ra joriy xalqaro amaliyotlar, ya'ni tovarlar hamda xizmatlar importi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor chet el valyutasi uchun to‘lovni o‘zining savdo tushumi va bankka topshirgan naqd puli hisobidan amalga oshiradi.
Shuningdek, ular sotib olingan valyuta mablag‘larini qo‘yidagi maqsadlar uchun cheklovsiz ishlatishlari mumkin:
* mamlakatimizdan tashqarida xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
* xorijdagi bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish orqali xaridlarni amalga oshirish;
* tasdiqlovchi hujjatlar asosida (invoys, to‘lov uchun hisob yoki import shartnomasi) tovarlar va xizmatlar importi uchun to‘lovni bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirish.
Savdogarbank filiallari mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida konversion kartani rasmiylashtirish jarayonini 1 kunda amalga oshirmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar hamda tadbirkorlar Savdogarbank xizmatidan foydalanganingiz uchun bag‘oyat xursandmiz!
Savdogarbank Sizning ishonchli hamkoringiz!
Qo‘shimcha ma'lumotlarni 252-73-35, 252-13-19, 254-42-55 raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida