Xitoy moliya vazirligi Standard & Poor's xalqaro reyting agentligining mamlakat suveren kredit reytingini tushirish qarorini xato, deb baholadi. Bu haqda vazirlik saytiga joylashtirilgan xabarda so‘z yuritilgan.
Kuni kecha, 21 sentabr kuni S&P agentligi Xitoyning milliy kredit reytingini «A+» darajasigacha pasatirishga qaror qilgan edi.
«S&P agentligining Xitoy suveren kredit reytingini pasaytirishi xato qaror hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Vazirlikning uqdirishicha, Pekin ma'muriyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli so‘nggi yillarda mamlakatda barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan S&P qarori Xitoy moliya vazirligini «tashvishlantiradi».