Paxta dalasida fojia. Rafiqasi o‘rniga terimga chiqqan er dalada jon berdi

Jamiyat 11:37 / 20.09.2017 184606

Andijon viloyatidagi Kun.uz manbalari bergan xabarlarga ko‘ra, Andijon shahridagi maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi rafiqasining o‘rniga paxta terimiga chiqqan 58 yoshli Muzaffar Umrzaqov dalada yurak xurujidan vafot etgan.

Ma'lum bo‘lishicha, marhum Muzaffar Umrzoqovning rafiqasi Andijon shahridagi 8-umumiy ta'lim maktabida farrosh vazifasida ishlaydi. Fojia 16 sentabr kuni Izboskan tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biri dalasida ro‘y bergan. Uning jasadi Andijon shahridagi uyiga tez yordam mashinasida olib borib berilgan. 

Ayni vaqtda byudjyet tashkilotlarida ishlovchi xodim va xizmatchilarni yoppasiga paxta terimiga jalb etilishi tufayli sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan va homilador ayollar o‘z o‘rnilariga ma'lum mablag‘ evaziga odam yollashga yoki terimga  o‘z yaqinlarini chiqarishga majbur bo‘lishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: