«O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i (2017 yil 4 sentabr) bilan Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
Ishlab chiqaruvchi deklaratsiyalaydi
Tuzatishlarga ko‘ra deklaratsiyada havola mavjud bo‘lgan normativ hujjatlar bilan belgilangan deklaratsiyalash bo‘yicha majburiyat va mahsulot tavsifi uchun mas'uliyat yetkazib beruvchidan ishlab chiqaruvchiga o‘tkazildi.
Tegishincha, ishlab chiqaruvchi xavfsizlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ta'minlashi, mahsulotning muvofiqligini sinovdan o‘tkazishi va tasdiqlashi zarur. Deklaratsiyalashdan keyin ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mazkur mahsulotga taalluqli normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi barqarorligini ta'minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi darkor.
Qanday sabablarga ko‘ra rad etiladi
Hujjatda muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish uchun quyidagi asoslar yozilgan:
• muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun akkreditatsiya sohasi ko‘rsatilgan mahsulotga tatbiq etilmaydigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organiga yo‘naltirish;
• barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaslik;
• ishlab chiqaruvchi tomonidan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani rasmiylashtirish talablariga rioya qilinmasligi.
Nizomga qator boshqa tuzatishlar kiritilgan. Buyruq 3 oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.