Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e'lon qilinadigan bo‘ldi

O‘zbekiston 12:35 / 20.09.2017 7028

2017 yil 20 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlashning huquqiy asoslari» mavzusida seminar tashkil etildi.

Xushnudbek.uz saytida yozilishicha, seminarda 25 sentabr sanasidan rasmiy manba sifatida tan olinadigan Lex.uz  – milliy qonunchilik bazasi haqida ma'lumotlar ham berildi.

1. Lex.uz mutlaqo yangi va qulay dizaynda ishga tushadi;
2. Qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e'lon qilinadi;
3. Xorijiy investorlar tomonidan eng ko‘p talab etiladigan 16ta kodeks (ya'ni barchasi) va 40ta qonun ingliz tili versiyasida e'lon qilinadi;
4. Bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar 1 kun muddatda Lex.uz saytida Pdf formatida joylashtiriladi. Bugungi holat qanday edi? Lex.uz saytida har haftaning dushanba kuni Qonun hujjatlari to‘plami e'lon qilinar, masalan, haftaning seshanba kunida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat faqatgina kelasi haftaning dushanba kuniga kelibgina e'lon qilinardi xolos;
5. Normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan o‘zgarishlar 3 kun ichida Lex.uz saytida aks etadi.

Foto: Xushnudbek.uz
Foto: Xushnudbek.uz

 

Ko‘proq yangiliklar: