Norvegiya mustaqil fondining hajmi 1 000 000 000 000 dollarga yetdi

Iqtisodiyot 21:45 / 19.09.2017 7895

Norvegiya suveren jamg‘armasining hajmi tarixda ilk marotaba 1 trillion dollarga yetdi. Bunga jahon fond bozorlarining o‘sishi va dollar kursining zaiflashuvi sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

«Kimdir 1996 yili may oyida neft daromadining bir ulushi fondga o‘tkazilishi boshlanganida uning miqdori qachondir 1 trln dollarga yetadi, deb o‘ylamagandir», — deya ta'kidlagan jamg‘arma ijrochi direktori Ingve Slingstad.

Norvegiya hukumati fond miqdori 2025 yilgacha o‘sishda davom etishini va 10,5 trln kron (1,3 trln dollar)ga yetishini taxmin qilmoqda. Ammo, agentlikka ko‘ra, bu kabi baholashlar ishonchsizdir. Chunki hozirgi ko‘rsatkich 2018 yil oxirigacha bo‘lgan davrda to‘planishi kutilmagan raqamdir. 

Jamg‘arma 1998 yili neft va gaz savdosidan tushadigan daromaddan kelajak avlod ulushini saqlash maqsadida tashkil etilgan. Ayni vaqtda uning butun dunyodagi idoralarida 550 kishi ishlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: