Eng ilg‘or orqa OLED-fonarlar yaqinda Yevropadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarida taqdim etiladi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Frankfurt-2017’dagi (14-24 sentabr) avtosalonda o‘zining eng ilg‘or avtomobil tarkibiy qismlarini namoyish etmoqda. Bunda birinchi ilg‘or orqa OLED-fonarlar alohida ajralib turadi, ular Yevropadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi avtolarida taqdim etiladi. Shuningdek, LG avtomatlashtirilgan boshqaruvga ega kontsept-karlarga mo‘ljallangan tarmoqli texnologiyalar sohasidagi o‘z yechimlarini namoyish etmoqda. LG kompaniyasining Frankfurt avtosalonidagi debyuti, uning 2013 yilda LG Vehicle Components avtomobil tarkibiy qismlari yangi bo‘linmasi tashkil etilgach, Osiyo (Pekin va Shanghay), shuningdek, Shimoliy Amerikadagi (Detroyt) yirik avtomobil ko‘rgazmalaridagi muvaffaqiyatli ishtirokining davomi bo‘ldi.
LG’dan orqa OLED-fonarlar kompaniyaning ilg‘or ishlanmalaridan foydalanilgan holda yaratildi, shu tufayli u jahon OLED-texnologiyalar bozorida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. LG’da OLED-televizorlar ishlab chiqarish sohasidagi yetakchida bo‘lgani kabi, OLED-texnologiyalarni smartfonlar, «aqlli» soatlar va uskunalar paneli kabi mahsulotlarga joriy etish bo‘yicha boy tajriba bor. LG’ning OLED-fonarlari yoritish modulining yo‘qligi tufayli oddiylariga qaraganda ancha ixcham – standart fonarlardan 85-90 foizga kamroq. Shuningdek, ular ishchi holatida kamroq qizib ketadi, bu oddiylari bilan taqqoslaganda xizmat muddatining ortishiga olib keladi. LG kompaniyasi yangi orqa OLED-fonarlardan tashqari, boshqa ilg‘or mahsulotlarni, masalan, audio-vizual navigatsiya tizimi, haydovchiga qulaylik uyg‘otishni oshirishga mo‘ljallangan turli axborot-ko‘ngilochar tizimlar va qurilmalarni (ADAS haydovchiga yordam tizimi uchun videokameralar, qurilmalar SK-panellar, elektr kompressorlar va boshqalar) namoyish etishni rejalashtirgan.
LG Vehicle Components – kompaniyaning eng tez o‘suvchi bo‘linmasi bo‘lib, butun korporatsiyaning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin tutishi lozim. Bu rivojlanish General Motors bilan Chevrolet Bolt EV ustidagi ish bo‘yicha hamkorlikka aloqador bo‘ladi, LG uning uchun umumiy hisobda 11 tarkibiy qism va tizimlarni yetkazib bermoqda. Ular orasida – elektrouzatmalar, kuchli invertorli modullar, akkumulyatorlar elementlari hamda ta'minotni tarqatish modullari mavjud. LG kompaniyasi Chevy Bolt modelining muvaffaqiyatli ishga tushirilishiga qo‘shga hissasi uchun yil boshida GM’dan «Yil innovatsiyasi» mukofotini qo‘lga kiritdi. Undan tashqari, kompaniyada boshqa sohaviy mukofotlar – Renault’dan «Eng yaxshi yetkazib beruvchi» va Volkswagen’dan «Texnologiyalar va innovatsiyalar» bor.
«Biz elektromobillarning tez rivojlanayotgan bozorida o‘zimizning ishtirokimiz va ekspertlik bilimlarini Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyodagi avtomobil sohasi yetakchilari bilan faol hamkorlik orqali kengaytirishni rejalashtirganmiz», - dedi LG Vehicle Components kompaniya prezidenti LiVu-djang (LeeWoo-jung). – Biz LG kompaniyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qanday individual yechimlar ishlab chiqish mumkinligini ko‘rsatmoqchimiz. LG o‘n yillab vaqt davomida avtomobil tarkibiy qismlari bozorida yetakchi o‘yinchi bo‘lib qoldi, hamda bizning fikrcha, o‘tgan yillar davomida olingan bilim va tajribadan foydalanish vaqti keldi».
Reklama huquqi asosida