Tramp va Erdo‘g‘an shaxsan uchrashishga kelishib olishdi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqida "Anadolu" agentligi Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Agentlikka ma'lum qilinishicha, ikki prezident telefon muloqotida Nyu-Yorkda uchrashishga kelishib olishgan. Tramp Erdo‘g‘an bilan suhbat davomida AQSh va Turkiya strategik hamkorligi doirasida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashi zarurligini ta'kidlagan.
8 sentabr kuni Erdo‘g‘an AQSh tomonidan Turkiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Mehmet Zafar Chag‘layanga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni tanqid qilgandi. U va Halkbank turk davlat bankining sobiq rahbari Sulaymon Aslan hamda yana ikki davlat xizmatchisi Amerikaning Eronga nisbatan sanksiyalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Amerika adliya vazirligiga ko‘ra, nomlari qayd etilgan Turkiya fuqarolari Tehron bilan taqiqlangan bitimlarni tuzish uchun Amerika moliyaviy tizimidan foydalanishgan. Turkiya prezidenti AQSh tashabbusini "badbo‘y" deb atab, Turkiya va Eron ittifoqdosh mamlakatlar ekanini ta'kidlagan.
Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar AQShning Suriya kurdlarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli tarangligicha qolmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi yana bir muammo 1999 yildan buyon AQShda yashab kelayotgan turk voizi Fathulloh Gulendir. Anqaraga ko‘ra, 2016 yilning yozidagi harbiy to‘ntaruv harakati ortida aynan Gulen turibdi, shu bois u Amerika hukumatidan voizni Turkiyaga topshirishni talab qilmoqda.
BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi 12 sentabrda Nyu-Yorkda ochiladi. 19 sentabrdan tashqi siyosiy masalalarning yuksak darajadagi muhokamalariga start beriladi. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko 20 sentabr kuni chiqish qiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bosh assambleya sessiyasida ishtirok etmaydi.
Mavzuga oid

11:06 / 07.03.2023
Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillari birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020