Apple’ning 10 yil ichida iPhone sotishdan olgan mablag‘i qanchani tashkil qilishini bilasizmi?

Fan-texnika 23:35 / 08.09.2017 18153

Apple kompaniyasi ilk iPhone’ni sotuvga chiqargandan keyin 10 yil ichida shunday smartfondan 1,2 mlrd dona sotgan. Bu haqda Strategy Analytics kompaniyasining tahliliy hisobotida aytilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu smartfonlar savdosidan olingan umumiy tushum 760 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniya iPhone savdosidan olgan tushumi 2018 yil oxirigacha 1 trln dollardan  oshishi kutilmoqda.

Shu tariqa, AQSh kompaniyasi savdosi 1 trln dollar keltirgan dunyodagi ilk smartfon yaratuvchisiga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: