LG kompaniyasi tendensiya yaratmoqda hamda oshxona maishiy texnikasi global bozorini shakllantirmoqda
Uncha ham ko‘p kishilar oddiy muzlatgich uy sharoitini o‘zgartirgan buyumga aylandi, deb ayta olishmaydi. Biroq so‘nggi 60 yil davomida muzlatgichlar ishlab chiqarish sohasidagi ishlanmalar mahsulotlarni saqlash uchun oddiy oshxona buyumini ko‘p funksional, ergonomik va ekologik qurilmaga aylantirdi. Iste'molchilar texnologiyalar rivoji bilan muzlatgichlarga yanada yuqori talablar qo‘ymoqda, hamda ishlab chiqaruvchilar bunga mos kelish uchun maksimal qulaylik, ixchamlik va modellar hamyonbopligi uchun harakat qilishmoqda.
Texnika iste'molchilar talablariga javoban yaxshilanmoqda, biroq tendensiyalarni bashorat qilish va xaridorlarni hayratlantiruvchi texnologiyalar yaratishga qodir ishlab chiqaruvchilar yetakchiga aylanadi. LG Electronics kompaniya obro‘sini tasdiqlashda davom etmoqda, u texnologiyalar chegarasini kengaytirish va chaqiriqlar bilan chiqishdan qo‘rqmaydi. O‘z iste'molchilari uchun maksimal qulaylik yaratishga bo‘lgan intilish ilg‘or muzlatgichlar modellari, jumladan Home Bar va InstaView Door-in-Door’da®¹ da o‘z aksini topdi. Ular invertorli chiziqli kompressor bilan jihozlangan bo‘lib, bu energosamaradorlik va ishlash xususiyatlarini oshiradi.
LG 1998 yilda kompaniyaning yangi ishlanmasi - Home Bar’ni taqdim etdi. Unda mahsulotlarni saqlash bir vaqtning o‘zia ham qulay, ham samarali bo‘ldi. Foydalanuvchilar bo‘limlarga bo‘lingan bo‘shliqqa ega bo‘lishdi, uni uy bari, qo‘shimcha polka yoki hattoki muzlatgich sifatida qo‘llash mumkin. Endi kerakli ichimlikni olish uchun muzlatgichning asosiy bo‘limini ochish, so‘ng uni quyish uchun oshxona stoliga olib borish shart emas edi. Kerakli polkani bir qadam ham qo‘ymay surishning o‘zi yetarli. Qolgan ichimlik va gazaklarni esa saqlash bo‘limida qoldirish mumkin, ularni keyin oson va tez olish imkoni bor.
Home Bar texnologiyasi muvaffaqiyati tufayli, LG kompaniyasi o‘z xaridorlarini yanada xursand qilish va hayratlantirish ishtiyoqida boshqa yo‘nalishlarni o‘rganib chiqdi, ulardagi ishlanmalar har kunlik hayotni yanada qulayroq qiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, LG iste'molchilari muzlatgichni bir kunda o‘rtacha 79 marta ochishadi. Shu bilan birga, 10 respondentdan 4 tasi muzlatgichlari ichida nima bor ekanini eslay olishmadi. Yakunda bu mahsulotlarning eskirishi va ularni tashlash yuborishga olib keldi. Tadqiqot natijalari LG ishlab chiqaruvchilarini ilhomlantirdi, hamda 2010 yilda Door-in-Door® («Eshikda eshik») ilg‘or muzlatgichi taqdim etildi. U ko‘p foydalanilayotgan mahsulotlar va ichimliklarni muzlatgichning qo‘shimcha eshigida joylashtirish imkonini beradi. Shu tariqa, ularni asosiy eshikni ochmay va sovuq havoni tashqariga chiqarmay, osonlik bilan olish mumkin. Asosiy eshik ochilishi sonining kamayishi mahsulotlarga uzoq vaqt yangidek turish imkonini beradi. LG kompaniyasi mahsulotlar joylashtirish uchun yanada ko‘proq qulaylik va imkoniyatlar taqdim etish maqsadida, bu yo‘nalishda ishlarni davom ettirdi va 2014 yilda qo‘sh eshikli (Dual Door-in-Door®) muzlatgichni taqdim etdi.
Bugungi kunda energosamaradorlikni ta'minlash LG kompaniyasi uchun ustuvor ahamiyatga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har yili eshikning har bir ochilishida sovuq havoning yo‘qotilishi natijasida 50-120 kVt/s elektroenergiya sarflanadi. Aynan shuning uchun LG kompaniyasi 2016 yilda InstaView Door-in-Door® modelini ishlab chiqdi, u muzlatgich ichida nima bor ekanini uni ochmay turib ko‘rish imkonini beradi. Eshikning shaffof yuzasiga ikki marta taqillatish ichki bo‘linma chirog‘ini faollashtiradi va ichkarida nima bor ekanini aniq ko‘rish imkoni yaratiladi. Kishilarning yangilikka bo‘lgan reaksiyasi kompaniya rahbariyati uchun kutilmagan bo‘ldi – xaridorlar har gal muzlatgichni do‘kon yoki ko‘rgazmada ko‘rib, uni taqillatib ko‘rishdan o‘zlarini tiya olishmadi. InstaView Door-in-Door® modeli muhokamalar mavzusiga aylandi, u muzlatgichni oddiy ishlatish uslubini butunlay o‘zgartirdi: ichkarida nima bor ekanini bilish uchun eshikni ochish ehtiyojidan tortib, to eshik ochilgunga qadar u yerdagi mahsulotlarni ko‘rishga qadar.
Home Bar, Door-in-Door® va InstaView Door-in-Door®¹ kabi oshxona bo‘shlig‘ini shakllantiruvchi texnologiyalarning paydo bo‘lishi, LG kompaniyasining keyingi ishlanmalariga katta qiziqish uyg‘otadi. LG ko‘p yillar davomida muzlatish uskunalari jahon bozorida novator va ta'siri baland o‘yinchi bo‘lgani holda, erishilgan muvaffaqiyatda hech qachon to‘xtab qolmagan. U iste'molchilar kutganidan ham yaxshiroq va butun dunyo bo‘ylab oilalarni hayratlantiradigan maishiy texnika yaratishga harakat qilmoqda. LG kompaniyasi foydalanuvchilar ehtiyoji va qulayligini birinchi o‘ringa qo‘yib, noyob va innovatsion oshxona maishiy texnikasi bilan hayratga solishda davom etadi.
# # #
iste'molchilar o‘zlarini qanday tutishlarini ichki tadqiqot qilish natijalari bo‘yicha
LG Electronics USA kompaniyasi tadqiqotlari natijalari bo‘yicha
Florida Universitetining ovqatlanish va qishloq xo‘jaligi fanlari instuti,
goodhousekeeping.com/home/a19095/refrigerator-door-wastes-energy
Reklama huquqi asosida