Android 8.0 Oreo ortiqcha mobil internet trafigini "o‘g‘irlashi" ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 15:03 / 07.09.2017 7438

Pixel va Nexus seriyali smartfonlarning egalari operatsion tizim (OT)ni Android 8.0 Oreo'gacha yangilash imkoniga ega bo‘lishdi. Ma'lum bo‘lishicha, tizim hatto Wi-Fi yoqilganda mobil internet trafigini "o‘g‘irlar" ekan. Bu haqida ko‘plab OAV qatorida "Versiya" axborot agentligi xabardor qildi. 

Mazkur OTda ishlovchi qurilmalar egalari smartfon hatto simsiz Wi-Fi'ga ulanganda ham, foydalanilgan mobil trafiklar soni oshib borayotganidan shikoyat qilishgan. Tabiiyki, bunday holatda foydalanmagan narsa uchun pul to‘lashga to‘g‘ri keladi. 

Manbaga ko‘ra, 2-3 kun ichida taxminan 1 Gb trafik ishlatilgan hisoblanishi mumkin. Mazkur muammoning yagona yechimi - simsiz Wi-Fi bor joylarda sozlamalardan mobil internetni o‘chirish.

Ko‘proq yangiliklar: