Nissan kompaniyasi 2018 yilning yanvarida Yevropada sotuvga chiquvchi Leaf nomli yangi avlod elektromobilini namoyish etdi. "Kommersant" shu haqidagi yangiligi bilan bo‘lishdi.
Elektromobil 150 kuchli elektrmotor va 378 kilometrgacha zaryad olmay yurish imkonini beruvchi 40 kVt/s batareyaga ega bo‘ladi. Akkumulyatorning to‘liq zaryadlanish vaqti elektr tarmog‘i kuchiga qarab 8-16 soatni tashkil qiladi, batareyani 40 daqiqada 80 foizgacha zaryadlash mumkin. Bundan tashqari, elektroxetchbek energiya manbai sifatida xizmat qilishi mumkin va zarurat tug‘ilganda elektrni uy tarmog‘iga uzatishi mumkin.
Yangi Nissan Leaf elektromobili katta yo‘lda bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotganda mashina boshqaruvini o‘z zimmasiga oluvchi ProPilot texnologiyasi hamda elektromobilni mastaqil ravishda avtoturargohga joylay oluvchi ProPilot Park tizimini oladi.
Yangi avtomobil dizayni 2015 yilda Tokiodagi avtosalonda namoyish qilingan Nissan IDS kotsept-kari uslubida ishlangan, biroq elektromobilning eng o‘ziga xos jihati radiatorning ko‘k panjarasi bo‘ldi. Salonda ham ko‘k chizgilardan foydalanilgan - yapon avto ishlab chiqaruvchisi o‘z elektromobillarining eksterer va intereriga urg‘u berishda shu rangni qo‘llaydi.