Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyaning eng qudratli narkokarteli hukumatga taslim bo‘lishini e'lon qildi

Foto: Carlos Jasso / REUTERS
Kolumbiyaning eng qudratli narkokarteli “Ko‘rfaz klani” a'zolari mamlakat huquq-tartibot idoralariga taslim bo‘lishga tayyorliklarini ma'lum qildilar. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos e'lon qildi, deb xabar bermoqda Colombiano nashri.
“3 sentabrda pochta orqali klan yetakchisining maktubini oldik. U maktubda taslim bo‘lmoqchiligini bildirgan. Men adliya vazirligi va prokuraturaga bu vaziyatga baho berishni topshirdim”, deb aytgan Santos.
Maktubda guruh yetakchisi Dairo Antonio Usuga narkokartelning barcha a'zolari o‘z qilmishlariga javob berishga tayyorligini bildirgan.
Kolumbiya prezidentining ta'kidlashicha, narkokartel a'zolarining taslim bo‘lishi haqidagi xabar shunisi bilan ham quvonarliki, bu guruh yirikligi bo‘yicha hukumatga qarshi chiqayotgan ikkinchi raqamli guruh edi. Yaqin kunlargacha Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (KIQK) bu borada birinchi sanalib kelinardi.
O‘tgan yil 7 oktabrda Santosga yarim asrdan ko‘proq davom etgan fuqarolik urushi tugatilishiga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun Nobel mukofoti berilgandi. Shu yilning 26 sentabrida Santos KIQK jangchilari yetakchisi Londono Echeverri bilan tinchlik sulhini tuzishgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

16:02 / 08.06.2025
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video

00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

21:12 / 05.05.2025