Xiaomi Mi 7 xususiyatlari va taqdimot sanasi haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Fan-texnika 16:47 / 04.09.2017 12915

Xiaomi Mi 6 flagman smartfoni joriy yilning aprel oyida namoyish etildi. Debyut vaqtidan olti oy vaqt o‘tar-o‘tmay, Xiaomi Mi 7 qurilmasining asosiy xususiyatlari va taqdimot sanasiga oid ma'lumotlar paydo bo‘la boshladi. Hi-Tech shu haqida xabar berdi. 

Insayderlardan biri Weibo'da Mi 7 flagman smartfoni Snapdragon 845 top chipsetini olishi haqida ma'lum qilgan. Shuningdek, tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, u Samsung'ning 6 dyuymli OLED-displeyi bilan jihozlanadi. Trendga muvofiq, smartfon hoshiyasiz bo‘lishi va Home tugmasidan voz kechishi kutilmoqda. Barmoq izlari skaneri qurilmaning qaysi joyiga joylashishi haqida ma'lum qilinmagan.

Bundan tashqari, Xiaomi Mi 7 6 Gb va 8 Gb operativ xotirali versiyalarda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda. Xitoy kompaniyasi qurilma korpusini shisha va sopoldan tayyorlashda davom etadi.

Xiaomi Mi 7 taqdimot sanasiga kelsak, u kelgusi yilning birinchi choragida ma'lum qilinadi. Mi 6 smartfoni Xiaomi Mi 5 kabi aprel oyida namoyish qilindi, biroq Mi 7 qurilmasi 2018 yilning yanvar-mart oylari oralig‘ida taqdim etilishi mumkin. 

Yangi qurilma narxi Xiaomi Mi 6 qiymatiga yaqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: