OAV: Myanma hukumati Rokhayn shtatiga BMT gumanitar yordamini to‘sib qo‘ydi

Foto: Getty Images
Myanma hukumati BMT insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga Rokhayn shimolidagi minglab insonlarga gumanitar yuklarni yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Guardian gazetasi yozmoqda.
Myanma harbiylari va xavfsizlik kuchlari Rokhayn shtatida istiqomat qiluvchi rohingya musulmonlari orasidagi jangarilarga qarshi amaliyot o‘tkazmoqda. Etnik bengallar hisoblanuvchi rohingyalar Myanmada noqonuniy muhojirlar hisoblanadi. Ularning aksariyatiga Myanma fuqaroligi taqdim etilmagan.
BMTning Myanmadagi qarorgohi muvofiqlashtiruvchisining gazetaga ma'lum qilishicha, gumanitar yordamlarni yetkazib berish xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonligi va hukumatning ziddiyatli hududlarga safarni cheklashi bilan bog‘liqdir. Idoraga ko‘ra, hukumat gumanitar yordamlarni amalga oshirishga ruxsat bermayapti.
"BMT gumanitar yordamlar yetkazishni imkon qadar tezroq qayta boshlash uchun hukumat bilan qalin aloqada", — deyishgan tashkilot qarorgohida. Qayd etilishicha, shtatning boshqa hududlariga yordamlarni yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmoqda. YUNISEF, BMT jamg‘armasi va BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari esa shtatning shimoliy hududlarida hech qanday ish olib bormagan. Hukumat, shuningdek, vizalar taqdim etishni ortga surish orqali xalqaro xodimlar kelishini rad etayapti.
Gazetaning yozishicha, 16 ta yirik nohukumat insonparvarlik tashkilotlari, jumladan Oxfam va Save the Children ham hukumatning mojaroli hududga gumanitar tashkilotlar kirishini cheklaganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

08:23 / 25.02.2025