Har qanday oshxonaga to‘g‘ri keluvchi LG STUDIO to‘plami yanada ko‘p variantlarda taqdim etildi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Berlindagi IFA 2017 ko‘rgazmasida o‘rnatma maishiy texnikaning yanada ko‘p variantdagi oshxonalarga to‘g‘ri keluvchi kengaytirilgan modellari qatorini namoyish qiladi. LG bugungi kunda iste'molchilarning o‘z oshxonasi dizaynini yaratish va jihozlanish jarayoniga tobora faol jalb qilinayotganini inobatga olib, ikki xil o‘lchamli, turli xil uslubiy variantlardagi o‘rnatma maishiy texnika kolleksiyasini taklif qiladi. LG kompaniyasi nafis dizaynli oshxona jihozlarini ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtiradi, shuning uchun ular mavjud kenglikdan samarali foydalanish imkonini berib, har qanday oshxona intereriga mukammal mos keladi.
Shimoliy Amerika uchun LG STUDIO to‘plami dog‘ tushishiga chidamli zanglamaydigan po‘latdan ishlangan qora qoplamasi bilan tanilgan. Bu texnika qatori 30 dyuymli (76 sm) elektr pech, 36 dyuymli (91sm) induksion qaynatuvchi panel, keramika yoki gaz plitasi, issiqlik va hid tortgich, 24 dyuymli (60sm) QuadWash™ idish yuvish mashinasi va keng 42-dyuymli (106 sm) Side-by-Side muzlatgichini o‘z ichiga olgan.
Yevropaning eng yangi LG STUDIO kolleksiyasi iste'molchilarga o‘ziga xos sharoitda taom tayyorlash, ovqatlanish va idish yuvish imkonini beradi. Tez qaynatish, qovurish va dimlash — LG'ning 7,4 k Vt (bunday turdagi maishiy texnika uchun eng yuqori ko‘rsatkich) issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga qodir o‘rnatma induksion paneli uchun bularning hech biri qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomatik "tanish" funksiyasiga ega boshqa panellar faqatgina bir idishni "taniydigan" bir paytda LG'ning induksion qaynatma paneli 4 tagacha kastryul yoki tovani avtomatik ravishda "taniy oladi". O‘zgaruvchan isitish zonalari iste'molchiga bir vaqtning o‘zida yirik idishda bir necha taomni tayyorlash imkonini berib, qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. O‘rnatma pechlarda idishlarni joylashtirishning olti darajasi ko‘zda tutilgan, EasyClean qoplamasini tozalash shu qadar osonki, foydalanuvchilar ularni tartibga keltirishi uchun ko‘p vaqt sarflab o‘tirishmaydi, ular shunchaki mazali taomni iste'mol qilib zavqlanishlari mumkin.
LG'ning interfaol kulinar shousi IFA ko‘rgazmasida kompaniya stendining o‘rnatma maishiy texnikasi zonasidagi yorqin hodisaga aylanadi. Mehmonlar taniqli oshpaz Koli Kleyebergning LG STUDIO maishiy texnikasida tayyorlangan maxsus taomlari, ajoyib salatlari, turfa xil birinchi taomlari va betakror desertlarini tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Germaniyalik mashhur oshpaz Kleyeberg nafaqat oshxonadagi mahorati, balki yorqin shaxsiyati bilan ham tanilgan, u kuniga to‘rt marta uchtadan taom tayyorlaydi. Shuningdek u taom tayyorlash jarayonida o‘z maslahatlari bilan bo‘lishadi va taqdim etilgan barcha oshxona jihozlari salohiyatidan qanday qilib to‘liq ko‘lamda foydalanish mumkinligini namoyish etadi».
«LG'ning premium toifali o‘rnatma oshxona texnikasi — talabchan zamonaviy iste'molchilar uchun mukammal qaror, - deya ishonch bildiradi LG Electronics Home Appliance &Air Solutions kompaniyasi prezidenti Song Daxyun. — IFA ko‘rgazmasidagi stendimiz mehmonlari zamonaviy maishiy texnikaning kechagi "qutilar"ga nisbatan qanchalik ilgarilab ketganiga doir taassurotlar bilan tark etishadi. LG'ning oshxona to‘plamlari iste'molchiga o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaguncha ishonish qiyin bo‘lgan sifat va premium darajasini taklif qiladi.
# # #
LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida
LGElectronics, Inc. (KSE: 066570.KS) innovatsiyalar va yuqori texnologik elektronika, zamonaviy mobil aloqa vositalari va maishiy texnika ishlab chiqarish sohasidagi jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 125 filialida 77 000 kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rt bo‘limdan iborat: HomeAppliance&AirSolution, MobileCommunications, HomeEntertainment va VehicleComponents. Bularning umumiy sotuvlar hajmi 2016 yilda 47,9 milliard AQSh dollari (55,4 trillion von)ni tashkil qildi. LGElectronics yassi panelli televizorlar, mobil telefonlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi. Shuningdek LG Electronics kompaniyasi 2016 ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hamdir. Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi havolaga o‘ting: www.LGnewsroom.com.