Ikkinchi son. KUN.UZ «7 kun» loyihasida hafta yakunlarini hisob qiladi

Light 15:53 / 04.09.2017 27781

KUN.UZ sayti ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha doimiy tus oldi va ko‘rsatuvning ikkinchisi tayyor.

Darvoqe, haftalik tahliliy ko‘rsatuvlarimizga nom tanlandi va endi uni KUN.UZdan «7 KUN» nomi ostida taqdim etib boradigan bo‘ldik.

Bu safargi ko‘rsatuv shamoyiliga biroz o‘zgartirish kiritildi hamda xabar va yangiliklar muhimligi jihatdan yuqoridan pastga qarata sharhlab borilgan.

Foto: KUN.UZ

Yana bir yangilik, ayrim muhim yangiliklar ko‘rsatuv mobaynida titr shaklida ham uzatib boriladi.

Xullas, «7 KUN»ning navbatdagi sonida quyidagi mavzular e'tiboringizga havola etilgan:

- Davlat amaldorlari daromadlari va mulklari haqida deklaratsiya taqdim etadi;

- Mirziyoyev keyingi haftada — 6 sentabr kuni Qirg‘izistonga va oktabr oyida esa Turkiyaga tashrif buyuradi;

- Shavkat Mirziyoyevning ma'ruza va nutqlarida eng ko‘p ishlatilgan so‘z;

- O‘zbekistonda konvertatsiyaga o‘tish muddati va valyuta kursi haqida ma'lumotlar;

- Mamlakatimizda mustaqillikning 26 yilligi va Qurbon hayiti;

- Poytaxtdagi bir necha oliy o‘quv yurtlarida 1 avgust kuni kirish imtihonlari chog‘ida maxsus guruhlar tashkil etish orqali talabalar qabul qilingani oshkor bo‘ldi;

- Myanmada bo‘lib o‘tayogan voqea va hodisalar;

Jumladan, odatdagidek, ko‘rsatuvda boshlovchilar «Hafta yangiligi», «Hafta tayinlovi», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni», «Hafta antiqahramoni» nominatsiyalariga birma-bir to‘xtalishgan.

Darvoqe, o‘tgan safargi ko‘rsatuvda Xurshid Daliyev bilan «Komedi.Uz» rezidenti Abror Baxtiyorovich qatnashgan edi. Bu safar taniqli X.Daliyevga jurnalist Alisher Ro‘zioxunov va sport xabarlarida taniqli jurnalist sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov tandem bo‘lgan. X.Hamidov bilan asosan terma jamoamiz bilan bog‘liq yangiliklar, JCh-2018 saralashi atrofidagi vaziyat tahlil etilgan.

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish (Tas-IX)

Ko‘proq yangiliklar: