Baland bo‘yli haydovchilar barcha avtomobillarda ham o‘zlarini qulay his qilaverishmaydi. Consumer Reports baland bo‘yli kishilar uchun eng qulay avtomobillarni aniqlashni maqsad qildi.
Top-6 ro‘yxatining birinchi satridan 3,7 million rublga baholanuvchi Audi Q7 krossoveri o‘rin oldi. Mashina kreslosidan shiftigacha bo‘lgan masofa 97 santimetrni tashkil qiladi, bu esa baland bo‘yli haydovchiga kerakli qulaylikni yaratadi.
Reytingning ikkinchi satridan 7-versiyadagi BMW qayd etilgan. Sedan biroz qimmatroq turadi - 4,5 million rubl, lekin uning kreslosidan shiftigacha bo‘lgan masofa bir metrdan oshadi.
Uchinchi o‘rin 5,7 million rublli Lexus LS'ga nasib etdi. Bu avtoning kreslosi va shifti o‘rtasidagi masofa ham 97 santimetrdan iborat.
Shuningdek baland bo‘yli haydovchilarga mo‘ljallangan mashinalar ro‘yxatiga Highlander, Volvo XC90 va Subaru Forester avtomobillari ham kiritilgan. Ta'kidlash joizki, eng so‘nggisining narxi qolganlariga nisbatan arzonroq - 1,6 million rubl, kreslo va shift o‘rtasidagi masofa esa 1 metrdan oshadi.