Foto: Stiv Jobs teatrining yangi iPhone namoyish etiladigan yer osti qismi

Fan-texnika 19:01 / 02.09.2017 8254

Macmagazine nashri Stiv Jobsning ming o‘ringa mo‘ljallangan yer osti teatrining bir necha fotosuratlarini e'lon qildi. Bu yerda 12 sentabr kuni yangi iPhone’ning rasmiy taqdimoti o‘tkaziladi. Noma'lum shaxs bu suratlarni Google Maps’ga yukladi.

9to5mac nashrining ta'kidlashicha, bu teatrning yer osti qismi konstruksiyasini baholash imkoniyatini beruvchi ilk fotosuratlardir. 2017 yilning iyunida olingan tasvirlarda qurilishning faol bosqichini ko‘rish mumkin. Sentyabrda bu yer taqdimot uchun tayyor holda bo‘lishi aniq. Jurnalistlar tabiiy yog‘ochning ko‘pligiga alohida e'tibor qaratib o‘tishgan.

Foto: macmagazine
Foto: macmagazine
Foto: macmagazine
Foto: macmagazine
Foto: macmagazine

Avgust oyi oxirida Apple’ga ixtisoslashgan Above Avalon tahliliy sayti asoschisi Nil Kibart butun ichki tuzilishning sxemasini e'lon qilgandi.

Foto: neilcybart

Avvalroq OAV teatrning asosan tashqaridan ko‘rinishi tasvirlangan fotosuratlarni taqdim etgan.

Apple asoschisi Stiv Jobsning sharafiga atalgan teatrda bo‘lajak mahsulotlarning taqdimoti o‘tkaziladi. U Kaliforniyadagi Santa Klara vodiysi markazidagi Apple Park hududida joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: