Julian Assanjning WikiLeaks loyihasi tashkilot sayti xakerlar guruhi tomonidan buzib kirilgani borasidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda WikiLeaks’ning rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.
«WikiLeaks serverlari buzib kirilgani haqida feyk xabarlar tarqaldi. Bu yolg‘on», - deyiladi xabarda. Biroq, ayni damda foydalanuvchilar WikiLeaks saytiga kira olmayotgani ma'lum qilingan.
Avvalroq xakerlar WikiLeaks saytini buzishgani xabar berilgandi.