Turkiya va AQSh munosabatlari yana sovuqlashmoqda, turklar maxsus bayonot bilan chiqdi

Foto: Reuters
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda AQShning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e'lon qilish bo‘yicha qarori salbiy baholangan.
«Bu xolis bo‘lmagan ayblov xulosasi qabul qilinganidan juda jiddiy tarzda norozimiz», - deyiladi xabarda.
Vazirlikning ta'kidlashicha, ularning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi AQShning Anqaradagi elchisiga berilgan.
Avvalroq AQSh Erdo‘g‘anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e'lon qilgani xabar berilgandi. Hujjatda ta'kidlanishicha, 19 nafar ayblanuvchi may oyidagi tinch namoyishlarda "xavfli quroldan foydalangan holda hujum uyushtirgan" va "namoyishchilarni oyoqlari bilan tepgan". Ularga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39