Xitoyda Hyperloop analogi qurilmoqchi

Fan-texnika 09:11 / 31.08.2017 4436

Xitoyning aerokosmik va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tovush tezligidan tezroq harakatlanuvchi HyperFlight transport tizimini yaratish rejalarini e'lon qildi. Bu tizim orqali harakatlanish tezligi dastlabki bosqichda soatiga ming kilometrni tashkil qiladi. Davlat kompaniyasi bu rejasi haqida Xitoyda o‘tayotgan Uchinchi tijoriy aerokosmik forumda ma'lum qildi.  

China Daily nashri HyperFlight’ni AQShning SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning Hyperloop vakuum poyezdi loyihasiga qiyoslagan.

Xitoy loyihasi Xubey viloyatidagi Uxani shahrida amalga oshiriladi. Bu shahar Xitoyning eng gavjum shaharlaridan biri hisoblanadi.

Loyiha magnit levitatsiyasi texnologiyasiga ham asoslangan. Bunda poyezd elektr magnit maydon hisobiga harakatlanadi va yo‘l qoplamasiga tegmaydi. Shu tariqa ishqalanish yuz bermaydi, poyezdni tormozlovchi kuch aerodinamik qarshilik bo‘ladi. Poyezd past vakuum sharoitida ham harakatlana oladi.

CASIC’da ma'lum qilinishicha, HyperFlight’da poyezd tezligi an'anaviy poyezdlarnikidan 10 marta, yo‘lovchi samolyotlarnikidan 5 marta yuqoriroq bo‘ladi. Tizimni 3 bosqichda qurish rejalashtirilgan. 1-bosqichda hududiy tarmoq quriladi, uning tezligi ming km/soat bilan cheklanadi. So‘ngra kompaniya Xitoy bo‘ylab tarmoq qurishni rejalashtirmoqda. Bu tarmoq yirik shaharlarni birlashtiradi va unda harakat tezligi 2 ming km/soatgacha cheklanadi. 3-bosqichda esa xalqaro transport tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan, bunda harakat tezligi 4 ming km/soatni tashkil qiladi. Bu bosqich Xitoy bilan “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi davlatlar hududlarda amalga oshiriladi.

Ushbu loyihaga qancha mablag‘ sarflanishi va unga kim investorlik qilishi ma'lum qilinmagan.

Mask vakuum poyezd g‘oyasini 2012 yilda bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: