Xakerlar mashhurlarning Instagram-sahifalarini buzib kirishdi

Fan-texnika 15:19 / 31.08.2017 7341

Noma'lum shaxslar Instagram’dagi kamchilikdan foydalanib, taniqli shaxslarning telefon raqamlari va elektron manzillarini o‘g‘irlashdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Buzib kirish qurbonlariga servis tomonidan maxsus belgi berilgan, ya'ni nikneymi yonida moviy rangdagi belgi bo‘lgan sahifalar aylandi. Odatda bunday belgilar mashhur shaxslarga beriladi.

Instagram barcha jabrlangan foydalanuvchilarni buzib kirish holati haqida ogohlantirib, bunga sahifalarning maxfiy so‘zlari aloqador bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq spam-bot 700 mln elektron manzil va maxfiy so‘zlarni tarmoqqa joylashtirgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: