ProBeamUST va MiniBeam proyektorlari mukammal uy kinoteatrlari uchun. Keng to‘plamli qulay funksiyalarni sinab ko‘ring.
Mana olti yildirki, LED-proyektorlar yo‘nalishida yetakchilikni saqlab kelayotgan LG Electronics (LG) kompaniyasi Yevropaning eng yirik IFA maishiy texnika va elektronika ko‘rgazmasida ikki yangi qurilmasini namoyish etib, o‘z yetakchiligini yanada mustahkamlashga qaror qildi. Kompaniya LED/lazer proyektorlar bozoridagi ulushini oshirish strategiyasi doirasida Berlinda ProBeamUST (UltraShort-Throw texnologiyali) lazer proyektori va MiniBeam (modelPH30JG) proyektorlari taqdimotini o‘tkazadi. Tahlillarga ko‘ra, LG'ning LED/lazer proyektorlar bozoridagi ulushi uch yildan keyin 5,7 milliard dollarni tashkil qiladi.
LGProBeamUST qurilmasi proyektordan ultra-yaqin masofada FullHD-tasvirni ta'minlaydi va shu orqali uy sharoitida film atmosferasiga to‘liq "sho‘ng‘ish" imkonini beradi.
UltraShort-Throw texnologiyasi shunisi bilan qulayki, proyektor simsiz bo‘lib, professional o‘rnatuv yoki proyektor va ekran o‘rtasida qo‘shimcha joy talab qilmaydi (ProBeamUST 100 dyuymli tasvirni aks ettirishi uchun atigi 12 santimetr kerak bo‘ladi). ProBeamUST boshqaruvi intuitiv darajada amalga oshiriladi, unga alohida joy kerak bo‘lmaydi - shunchaki proyektorni istagan mebel ustiga joylashtiring va kinoseansdan zavq oling.
Proyektorlarning yorug‘lik sharoitidagi samarasiga shubha qilayotgan iste'molchilarning xavotiriga hojat yo‘q, zero LG ProBeamUST'ning yorqinligi 1500 ANSI-lyumenni tashkil qiladi, bu kompaniyaning undan avvalgi qurilmasidan 1,5 barobar ko‘p demakdir. ProBeamUST'ning kontrastlik koeffitsiyenti esa 150000:1'ga teng, u har qanday shou yoki kinofilm namoyishi vaqtida jonli va aniq tasvirlar bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari, ProBeamUST lampasi juda uzoq vaqt - 200000 soatgacha xizmat ko‘rsatadi. I-shaklli innovatsion lazer mexanizmi qurilmani ingichka va silliq dizayn bilan ta'minlaydi, natijada u har qanday intererda ham ajoyib ko‘rinish oladi.
LG ProBeamUST uni simsiz dinamikalar yoki quloqchinlarga ulash imkonini beruvchi qator optsiyalarga ega. To‘rt asosiy sozlama ProBeamUST'ning boshqa proyektorlar faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan maksimal moslashuvini ta'minlab, tasvirning ham gorizontal, ham vertikal kamchiliklarini bartaraf etadi. Premium-qurilma LG'ning mukofotlarga sazovor bo‘lgan webOSSmartTV platformasida yaratilgan.
LG MiniBeam – IFA 2017'da taqdimoti o‘tkaziladigan yana bir ekspluatatsiyasi oson proyektor. To‘rt soatgacha ishlaydigan akkumulyator bilan ta'minlangan MiniBeam HD-proyektori kuchli simsiz funksional bilan jihozlangan, unda tabiatda hordiq chiqarish, uy yoki mehmonxona nomeridagi veranda sharoitlarida ikki to‘liq metrajli filmni bemalol tomosha qilish mumkin. Eng katta taassurot qoldiradigan funksiyalaridan biri – Multi-AngleProjection ("ko‘p burchakli proyektlash") qurilmani 70 darajagacha burib, shtativ yordamisiz tasvirlarni devorning tepa qismida yoki hatto shiftda ko‘rish imkonini beradi.
LG MiniBeam proyektori foydalanuvchilarga portativ qurilmani qo‘llashda misli ko‘rilmagan erkinlik beradi.
Type-C'ga to‘g‘ri keluvchi USB-kabeli MiniBeam'ni boshqa qurilmalarga, masalan, noutbuk va smartfonga ulash va 9000 mAs sig‘imli akkumulyatorni yagona kabel orqali zaryadlash imkonini yaratadi. MiniBeam Bluetooth funksiyasiga ega har qanday qurilmaga - simsiz dinamikalar, smartfon yoki hatto avtomobilning akustik tizimiga audio-signal yo‘llashi mumkin.
"Biz portativ LED-proyektorlar toifasida jahon yetakchisi ekanimizdan juda faxrlanamiz", - deydi LG Electronics kompaniyasining IT-bo‘limi rahbari Yan Ik-Xvan. "IFA ko‘rgazmasida namoyish etiladigan proyektorlar iste'molchilarga uy sharoitida kino ko‘rish jarayonida unutilmas taassurotlarni taqdim etadi".
1-6 sentabr kunlari Berlin ko‘rgazmasining 18-zaliga tashrif buyuruvchi LG stendi mehmonlari LG proyektorlarining eng yangi qatorini sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida.