Beeline rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Fan-texnika 18:00 / 30.08.2017 9488

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline Beninda rouming geografiyasini kengaygani haqida xabar beradi. Etisalat kompaniyasi bilan imzolangan shartnomalar natijasida, Beeline abonentlari CAMEL-rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya'ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz Beeline aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar - jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

***

Beeline brendi O‘zbekiston respublikasi hududida MChJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM -operatorlari qatorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2015 yil natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9,9 million kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.

Buzton Qo‘shma korxonasi 1995 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Birinchi bosqichda kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘lib xalqaro, shaharlararo va mahalliy raqamli telefon aloqasini taqdim etish hisoblanar yedi. 2000 yildan boshlab kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida o‘z faoliyat doirasini kengaytirdi, va Internetga kirish hamda ma'lumotlar uzatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etishni boshladi. Hozirgi kunda Buzton QK integratsiyalangan aloqa xizmatlari operatori sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda, ya'ni mijozlarga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari butun majmuasini: telefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internetga kirish xizmatlarini taqdim yetmoqda. 2008 yilda Buzton QK MChJ VimpelCom Kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.

Batafsil ma'lumotlar uchun:

Unitel MChJ matbuot kotibi Elvira Settarova

+99890 373-09-36, pr@beeline.uz

Facebookda biz bilan birga bo‘l: http://www.facebook.com/beeline.uz
Twitterda bizdan boxabar bo‘lib tur: http://www.twitter.com/beeline_uz
“Odnoklassniki”da bizni muhokama qil: http://www.twitter.com/beeline_uz
Ko‘proq yangiliklar: