Reuters: Texasda xavfli kimyoviy modda sizib chiqishi yuz berdi

Foto: Reuters
“Xarvi” dovuli yopirilgan Texas shtatining janubi-sharqida 28 avgustda xavfli kimyoviy modda sizib chiqishi qayd etildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kimyoviy modda dovuldan jiddiy zarur ko‘rgan Xyustondan 40 km uzoqlikda joylashgan La-Port shahri yaqinidagi quvurdan sizib chiqqan.
Mahalliy aholiga binolarda qolish va konditsionerlarni yoqmaslik ko‘rsatmasi berilgan. Hukumat kimyoviy modda sizib chiqishi dovul oqibatida yuz bergani mumkinligi borasida aniqlik kiritmagan. O‘t o‘chirish xizmati favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borgan.
Mavzuga oid

14:54 / 18.01.2025
Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi

23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi

14:22 / 26.10.2024
Xitoylik olimlar suv va havodan ximikatlar tayyorlashni o‘rgandi

23:04 / 08.10.2024