LG IFA2017’da kiyimni saqlash texnologiyalari bo‘yicha yangiliklar taqdim etadi

Fan-texnika 11:45 / 29.08.2017 3634

LG kir yuvish mashinalari model qatoriTWINWash (SM) kengaytirilgan qatori bilan to‘ldirildi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2017 ko‘rgazmasida kiyim-kechaklarni saqlash bo‘yicha kompleks qarorlarni taqdim etadi, ular orasida yangi ishlanma - TWINWash(SM) kir yuvish mashinasi ham bor. Shuningdek, ko‘rgazmada eng yangi ilg‘or texnologiyalar – yuqori samarali quritish mashinalari va LGStylerbug‘li shkafi taqdim etiladi.

TWINWash’ning kengaytirilgan qatori LG kompaniyasining maishiy ishlarni samarali va qulay yechimi borasidagi takliflarini o‘zida mujassamlashtirgan. Yangilangan qator turli hajmdagi modellar bilan taqdim etilgan: 27-dyuymlidan tortib, qulay 24-dyuymliga qadar. Endilikda, iste'molchilar TWINWash ilg‘or kir yuvish mashinasining o‘ziga xos jihatlarini o‘z uy-joylaridagi hajmlarga qaramay baholashlari mumkin. 2015 yilning iyulida omma e'tiboriga havola etilgan LGTWINWash dunyodagi ikkita barabanga ega birinchi kir yuvish mashinasidir. TWINWash seriyasidagi modellar kir yuvishning yuqori samaradorligini ta'minlaydi, TrueSteam (SM) va TurboWash (SM) innovatsion funksiyalar tufayli deyarli barcha allergenlar va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi, kichik qatlarni tekislaydi, hamda matoni    mayinlashtiradi.

Foto: LG

Energosamaradorlik va qulaylik alohida ahamiyat kasb etuvchi iste'molchilarga LG kompaniyasi kiyim-kechakni quritish mashinalarini ham taklif etadi. Invertorli issiqlik nasosi texnologiyasi bilan jihozlangan quritish mashinasining yangi modeli matoning zarar ko‘rishi ehtimolini kamaytiradi. Bunga sabab – narsalarni quritish jarayonida past harorat ushlab turiladi. Qo‘shimcha EcoMode va TurboMode rejimlari esa ularning foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. EcoMode yuqori samarali rejimi elektr energiyasini tejaydi va shovqinning past darajasi bilan ta'minlaydi, TurboMode rejimi esa kiyimni quritish vaqti davomiyligini qisqartiradi.

Foto: LG

LGStyler bug‘li shkafi kiyimni saqlash jarayonini yakunlaydi. U tozalik va yangilik darajasini saqlash uchun TrueSteam (SM) funksiyasi bilan jihozlangan, u hidlarni yo‘qotadi va kichik qatlarni tekislaydi. Bug‘li shkafda xuddi quritish mashinalaridagi kabi, narsalarni ehtiyotkorlik bilan saqlashni ta'minlash uchun invertorli issiqlik nasosi texnologiyasidan foydalanilgan. Modelning muhim alohida jihati – aylanuvchi kiyimosgichlar bo‘lib, ular kiyimni bug‘lash vaqtida matoni tiklash uchun ehtiyotkorlik bilan qoqadi, EasyPantsCrease funksiyasi esa shimlardagi qatlarning markaziy liniyasini aniqlik bilan tashkil qiladi. Iste'molchilar uchun takrori yo‘q yordamchi bo‘lgan LGStyler’ni matoga zarar yetkazmaydi hamda undan foydalanish muddatini uzaytiradi. Bunda kimyoviy tozalash xizmatlariga ham ortiqcha ehtiyoj paydo bo‘lmaydi.

Foto: LG

«Kiyimni saqlash bo‘yicha barcha jarayon boshidan oxiriga qadar LG kompaniyasi tomonidan eng yangi kir yuvish, quritish mashinalari va bug‘li shkafda amalga oshirilgan, ular IFA ko‘rgazmasida taqdim etiladi, —deydi LGElectronics Home Appliance & Air Solutions kompaniyasi prezidenti SongDaxyun (SongDae-hyun). — TWINWash ilg‘or texnologiyasi bilan jihozlangan turli modeldagi kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarilishi bizga keng doiradagi iste'molchilar ehtiyojlariga, ularning hayot tarzi va talablaridan qat'i nazar javob berish imkonini beradi».

Foto: LG

IFA ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar «Messe Berlin» ko‘rgazma markazining 18-raqamli zaliga taklif etiladi. Ular LG’dan kiyimni saqlash bo‘yicha eng yangi kompleks qarorlarni o‘zlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: