Foto: Prezident Kattaqo‘rg‘onda dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi

O‘zbekiston 12:45 / 28.08.2017 43378

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir mashg‘ulotlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami oltita jangovar harakatlar epizodi va uchta alohida epizodda namoyish etildi. Vatanimiz himoyachilari barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi. 

Davlatimiz rahbari harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xizmat va hayot sharoitlarini yaxshilash, bilimi va ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga e'tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev milliy armiyamiz moddiy-texnik ta'minoti bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma tashkil etish zarurligini ta'kidladi. 

Prezidentimiz Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar, ya'ni zirhli texnikalar, artilleriya qurollari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan tanishdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: