Moskvada quyosh batareyalarida ishlovchi ilk svetofor ishga tushdi

Fan-texnika 09:21 / 28.08.2017 4591

Moskvada elektr energiya manbalariga ulanishi kerak bo‘lmagan ilk svetofor o‘rnatildi. Bu svetofor quyosh batareyasida ishlaydi hamda Zeninsk shossesi va Kojuxovskaya Gorka ko‘chasi kesishmasida haydovchilarga ishoralar bera boshladi.

Svetofor to‘liq avtomatlashtirilgan. Batareya quyoshdan quvvatlanadi va qurilma kunning qorong‘i vaqtida ishlashi uchun energiya akkumulyatorga to‘planadi. Akkumulyator hattoki bulutli kunda ham quvvatlana oladi.

Moskva yo‘l harakatini tashkillashtirish markazida aytilishicha, bu svetoforga xizmat ko‘rsatish xarajatlari an'anaviy svetofornikidan ancha kamroqni tashkil qiladi. Birinchi navbatda bunday avtonom svetoforlar oddiy svetoforlarni tok manbaiga ulash qiyin bo‘lgan joylarda o‘rnatilmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: