AQShda otib ketilgan o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Foto: wkrn.com
AQShning Tennesi shtati Neshvill shaharchasida boshidan o‘q otar quroldan jarohat olgan holda topilgan 40 yoshli o‘zbekistonlik Doniyor Abdumajitov vafot etdi. Bu haqda 1news.uz xabar bermoqda.
Neshvill politsiyasi Doniyor bir yarim oy oldin Green card lotereyasi orqali O‘zbekistondan AQShga oilasi bilan kelgan to‘rt nafar farzandning otasi ekanini ma'lum qilgan.
Doniyorning vafot etgani haqidagi xabar Gofundme.com sahifasida berilgan.
25 avgustga o‘tar kechasi AQShning Tennisi shtati Neshvill shahri shimolida Doniyor Abdumajidov o‘z avtomashinasi ichida o‘q otar qurol bilan otib ketilgandi. Neshvill politsiyasi voqea yuzasidan tergov surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Otishma tafsilotlari ma'lum emas.
Abdumajidov Neshvill shahrining Elliston mavzesidagi New York Pizza tamaddixonasida pitssa tashuvchi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

23:36
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23