Tehron Apple tomondan Eron dasturlarining taqiqlanishini mamlakat yutug‘i deb e'tirof etdi

Foto: AP Photo / Matthias Schrade
Eron hukumatining fikricha, Apple kompaniyasi o‘zining App Store dasturlar onlayn-do‘konidan eronlik dasturchilar yaratgan barcha mobil dasturlarni o‘chirib tashlashi qarori milliy texnologiyalar yutuqlari va rivojlanayotganidan darak beradi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Apple onlayn-do‘konidan AQShning Eronga qarshi kiritgan sanksiyalari sababli Eronda yaratilgan barcha dasturlarni o‘chirib tashlagandi. O‘chirib tashlangan dasturlar orasida yeguliklar yetkazib berish, onlayn-xarid dasturlari va ko‘plab boshqa dasturlar bo‘lgan.
“AQSh hech qachon bo‘sh tomonlarimizga qarshi sanksiyalar joriy qilmaydi, u hamisha bizning kuchli tomonlarimizga sanksiyalar qo‘llaydi”, deb aytgan Eronning aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozori Jahromiy.
Vazir sanksiyalar mahalliy axborot texnologiyalari kompaniyalarining yutuqlaridan darak berishini va shu sababli Eron o‘z texnologiyalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni ko‘paytirishi zarurligini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, Eron Apple’ning ushbu xatti-harakatlariga qarshi javob choralari ko‘rishga va'da bergan.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025