Tayvanning mobil texnika va elektronika qurilmalari ishlab chiqaruvchi HTC kompaniyasi tez orada Google korporatsiyasi tasarrufiga o‘tadi. Bu haqida "Daily" gazetasi xabar berdi.
Bugungi kunda HTC kompaniyasining bozor narxi 2 milliard dollarga yaqinni tashkil qiladi, biroq bu summa 2012 yildagi xuddi shu ko‘rsatkichining taxminan 25 foiziga to‘g‘ri keladi.
Manbaga ko‘ra, Google'ga qo‘shilish tashabbusi HTC kompaniyasining o‘zidan chiqqan. Kompaniya shu yo‘l bilan bozordagi raqobatbardoshlik pozitsiyasini tiklamoqchi.
Ta'kidlash joizki, HTC kompaniyasi uch yo‘nalishdagi texnikani ishlab chiqaradi: seriyali smartfonlar, buyurtma smartfonlar va VR-dubulg‘alar.