Jahonda yil boshidan 54 million donadan ko‘proq avtomobil sotildi

Fan-texnika 19:38 / 24.08.2017 5622

Iyul oyida jahon avtomobil bozorida savdo hajmi o‘sishi 3 foizdan ko‘proqni tashkil qildi. Bu oyda butun dunyo bo‘ylab 7 438 000 dona yengil va yengil tijorat avtomobillari sotilgan. LMC Automotive konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga ko‘proqni tashkil qildi.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilning ilk 7 oyi natijalariga ko‘ra, umumiy hisobda taxminan 54 281 000 dona avtomobil sotilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foiz ko‘proqni tashqil qilgan.

Avtomobillar savdosi bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda: bu davlatda iyulda 1 924 000 dona mashina sotilgan va o‘sish 2,4 foizni tashkil qilgan. 2-o‘rinni hamon AQSh egallamoqda: amerikaliklar iyulda 1 414 000 dona mashina xarid qilishgan va 7,1 foizlik pasayish qayd qilingan.

G‘arbiy Yevropa davlatlarida yangi avtomobillar savdolari hajmi 2,4 foizga o‘sib, iyul oyida 1 235 000 dona yengil avtomobil sotilgan. Sharqiy Yevropa davlatlarida savdo hajmi 21,4 foizga o‘sib, 346 500 dona mashina sotilgan.

Ko‘proq yangiliklar: