Ilon Mask boyligi ilk marta 20 mlrd dollardan oshdi

Fan-texnika 20:22 / 24.08.2017 8961

SpaceX rahbari Ilon Maskning boyligi ilk marta 20 mlrd dollardan oshdi. Mart oyida uning boyligi 13,9 mlrd dollarga baholanayotgandi, deb xabar bermoqda Forbes nashri.

Mask boyligi SpaceX’ga kiritilgan investitsiyalar raundi hisobiga oshdi. Bu raund davomida kompaniya 21 mlrd dollarga baholangan. Maskga kompaniyaning yarmidan ko‘pi tegishli. Maskga tegishli yana bitta kompaniya Tesla ziyon ko‘rganiga qaramasdan, uning aksiyalari narxi yanvardan iyulgacha 53 foizga oshgan. Bu ham tadbirkorning boyligi oshishiga ko‘mak bergan.

23 avgustda Mask Forbes talqiniga ko‘ra eng badavlat 100 nafar IT-tadbirkor reytingiga kirgan. U 20,7 mlrd dollarlik davlat bilan bu reytingning 12-o‘rnini egallagan. Nashr mart oyida Maskni dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga qo‘shgandi. U o‘shandda 80-o‘rinni egallagan.

Iyul oxirida SpaceX 350 mln dollar sarmoya jalb qilgan. Bunda kompaniya avvalgi investitsiya kiritilishidan keyin 2 barobarga qimmatlashgan: 2015 yilda SpaceX 12 mlrd dollarga baholangan tarzda sarmoyachilardan 1 mlrd dollar olgandi.

Ayni vaqtda eng badavlat IT-tadbirkor Microsoft asoschisi Bill Geyts hisoblanadi. Uning boyligi bir yil ichida 78 mlrd dan 84,5 mlrd dollargacha ko‘paygan. 

Ko‘proq yangiliklar: