Yangi iPhone neft va qayin qobig‘idan yasalgan korpusga ega bo‘ladi

Fan-texnika 15:45 / 24.08.2017 7093

Rossiyaning Caviar kompaniyasi «Bogatstva Rossii» yangi smartfonlar kolleksiyasiga oldindan buyurtma olishni boshladi. Unda modifikatsiyalashgan iPhone 8 qahrabo, qayin va neftli korpuslarda namoyish qilinadi. Bu haqida brend matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, «Lenta.ru» xabar berdi. Dizaynerlar «Rossiyaning asl tabiiy boyliklarining xilma-xilligini» shu tariqa namoyish qilishmoqchi. 

«Bu safar biz chegaralarni kengaytirib, butun dunyoga Rossiya boyliklari sifatida tanilgan noyob materiallarni qo‘llash usulini topishga qaror qildik. Qayin qobig‘i yoki neftdan ishlangan korpusga ega iPhone 8'ni ko‘z oldingizga keltira olarmidingiz? Qahrabodan-chi?», - dedi brend vakili. U yangi smartfonlar dizayni "misli ko‘rilmagan texnologik qaror" ekanini qo‘shimcha qildi. 

Smartfonlar narxi 199 ming rubldan boshlanadi. 

Caviar kompaniyasiga italiyalik zargar Iliya Jakometti tomonidan asos solingan. U o‘zining birinchi dekorli smartfonini 2001 yilda taqdim etgan.

Ko‘proq yangiliklar: