SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask koinotga parvoz uchun mo‘ljallangan va o‘z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ilk skafandrning suratini taqdim etdi.
Mask bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma'lum qilgan.
«SpaceX’dan birinchi skafandrning surati», - deya yozdi tadbirkor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, skafandr pnevmo-vakuum sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, qiyinchilik kostyumning uning xususiyatlariga zarar yetkazmagan holda tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishini saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Avvalroq Ilon Mask BMTdan jangovor robotlarni taqiqlashni talab qilgani xabar berilgandi.